UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Frontend-dasturchi

To'liq bandlik

3-6

Bosh ofis

23.01.2026

Ish sharoitlari

Vazifalar:

  • Maketlar asosida yangi komponentlar, sahifalar va funksionallikni yaratish, shuningdek mavjud interfeysga o‘zgartirishlar kiritish;
  • Backend-dasturchilar, dizaynerlar va jamoaning boshqa a’zolari bilan hamkorlik qilish;
  • Boshqalar yozgan kod bilan ishlash qobiliyati;
  • Figma maketlari asosida foydalanuvchi interfeyslarini verstka qilish;
  • Mavjud axborot tizimlari va servislarni takomillashtirish hamda modernizatsiya qilish;
  • Loyihalarni texnik qo‘llab-quvvatlash;
  • Kod sifatini ta’minlash va nazorat qilish.

Talablar:

  • JavaScript/TypeScript va React.js bo‘yicha mustahkam bilimlar;
  • HTML5 va CSS3 bo‘yicha chuqur tushuncha va amaliy tajriba;
  • Git versiyalarni boshqarish tizimi va Jira loyiha boshqaruvi vositasi bilan ishlash tajribasi;
  • Quyidagi kutubxona va vositalar bilan ishlash tajribasi: Zustand, TanStack Query, Ant Design, Leaflet, Axios, Lodash, i18next, Redux Toolkit, Tailwind CSS, React Hook Form, Material-UI;
  • Next.js freymvorkini bilish va u bilan ishlash tajribasi ustunlik beradi.

Biz nima taklif etamiz:

  • Ish jadvali: haftasiga 5 kun, soat 09:00 dan 18:00 gacha;
  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan rasmiylashtirish, 28 kalendar kunlik mehnat ta’tili;
  • Qat’iy dress-kodning yo‘qligi — biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni sindirishga intilamiz;
  • Bilim va tajriba ulashishga tayyor kuchli professionallar jamoasi;
  • Aholi turmush sifatini oshirish va mamlakatning yetakchi korxonalarida biznes-jarayonlarni optimallashtirishga qaratilgan yirik loyihalarda ishtirok etish;
  • Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojiga faol hissa qo‘shish uchun keng imkoniyatlar.

Vakansiyaga qiziqdingizmi?

Vakansiyaga ariza berishdan oldin majburiyatlar va ish sharoitlari bilan tanishib chiqing