UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Server Muhandisi

To'liq bandlik

3-6

Bosh ofis

28.01.2026

Work Conditions

Vazifalar:

  • Server infratuzilmasi (serverlar, ma'lumotlarni saqlash tizimlari, virtualizatsiya serverlari) uzluksiz ishlashini ta'minlash, server va uskunalar bilan bog'liq nosozliklarni tezkor bartaraf etish;

  • Serverlar ishlashini diagnostika qilish va optimallashtirish, xizmat ko'rsatish sifatini nazorat qilish, provayderlar va xizmat ko'rsatuvchilar bilan hamkorlik qilish;

  • Server infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo'yicha takliflar tayyorlash, server uskunalarini xarid qilish va modernizatsiya ishlarida qatnashish;

  • Serverlar va ma'lumotlarni saqlash tizimlari (СХД) xavfsizligini ta'minlash tizimlarini joriy etishda ishtirok etish;

  • Virtualizatsiya va monitoring tizimlarini o'rnatish va texnik qo'llab-quvvatlash;

  • Serverlarga oid texnik hujjatlarni dolzarb holatda saqlash va audit jarayonlarida ishtirok etish;

  • Dasturiy ta'minot va qurilmalar proshivkalarini muntazam yangilab borish.

Talablar:

  • Bir vaqtning o'zida bir nechta loyihalar bilan ishlash ko'nikmasi;

  • Rivojlangan muloqot va yetakchilik qobiliyatlari;

  • Mas'uliyatlilik, o'zini o'zi tashkil eta olish va natijaga yo'nalganlik;

  • Rus va o'zbek tillarini mukammal bilish; ingliz tilini bilish ustunlik beradi.

Biz nima taklif etamiz:

  • Ish tartibi: haftada 5 kun, 09:00 dan 18:00 gacha;

  • O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashtirish, 28 kalendar kunlik mehnat ta'tili;

  • Qat'iy dress-kod yo'q — biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni o'zgartirishga intilamiz;

  • Bilim va tajriba almashishga tayyor bo'lgan kuchli mutaxassislar jamoasi;

  • Aholi turmush darajasini yaxshilash va mamlakatning yetakchi korxonalarida biznes jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan yirik va ahamiyatli loyihalarda ishtirok etish;

  • Mustaqil qaror qabul qilish va kompaniya rivojiga faol hissa qo'shish uchun keng imkoniyatlar.

Interested in this Vacancy?

Be sure to familiarize yourself with the duties and working conditions before responding to the job posting