UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Tarmoq va Xavfsizlik Muhandisi

To'liq bandlik

3-6

Bosh ofis

28.01.2026

Work Conditions

Vazifalar:

  • Tarmoq infratuzilmasi (kommutatorlar, marshrutizatorlar, boshqa tarmoq uskunalari, videoaloqa va telefoniya tizimlari) uzluksiz ishlashini ta'minlash, tarmoq va uskunalar bilan bog'liq nosozliklarni tezkor bartaraf etish;

  • Tarmoq ishlashini diagnostika qilish va optimallashtirish, xizmat ko'rsatish sifatini nazorat qilish, provayderlar va xizmat ko'rsatuvchilar bilan hamkorlik qilish;

  • Tarmoq infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo'yicha takliflar tayyorlash, tarmoq uskunalarini xarid qilish va modernizatsiya loyihalarida ishtirok etish;

  • Tarmoq xavfsizligini ta'minlash tizimlarini joriy etishda qatnashish;

  • Tarmoqni boshqarishni avtomatlashtirish va monitoring tizimlarini o'rnatish hamda texnik qo'llab-quvvatlash;

  • Ma'lumot uzatish tarmog'iga oid texnik hujjatlarni dolzarb holatda saqlash va audit jarayonlarida ishtirok etish;

  • Dasturiy ta'minot va qurilmalar proshivkalarini muntazam yangilab borish.

Talablar:

  • Korporativ L2 va L3 tarmoqlari, VPN, FW (Firewall) bilan ishlash tajribasi;

  • Aloqa kanallari va uskunalarning nosozlikka chidamliligini (High Availability) ta'minlash bo'yicha amaliy tajriba;

  • IP telefoniya va videoaloqa tizimlari bilan ishlash bo'yicha amaliy tajriba;

  • Tarmoq uskunalari (Hardware) bilan bevosita ishlash tajribasi;

  • Tarmoq diagnostikasi vositalarini mukammal bilish;

  • Tarmoq xavfsizligi texnologiyalarini bilish va tushunish;

  • Bir vaqtning o'zida bir nechta loyihalar bilan ishlash ko'nikmasi;

  • Rivojlangan muloqot va yetakchilik qobiliyatlari;

  • Mas'uliyatlilik, o'zini o'zi tashkil eta olish va natijaga yo'nalganlik;

  • Rus va o'zbek tillarini bilish, ingliz tilini bilish ustunlik beradi.

Biz nima taklif etamiz:

  • Ish tartibi: haftada 5 kun, 09:00 dan 18:00 gacha;

  • O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashtirish, 28 kalendar kunlik mehnat ta'tili;

  • Qat'iy dress-kod yo'q — biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni o'zgartirishga intilamiz;

  • Bilim va tajriba almashishga tayyor bo'lgan kuchli mutaxassislar jamoasi;

  • Aholi turmush darajasini yaxshilash va mamlakatning yetakchi korxonalarida biznes jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan yirik va ahamiyatli loyihalarda ishtirok etish;

  • Mustaqil qaror qabul qilish va kompaniya rivojiga faol hissa qo'shish uchun keng imkoniyatlar.

Interested in this Vacancy?

Be sure to familiarize yourself with the duties and working conditions before responding to the job posting