UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Kontent-menejer / Muharrir

To'liq bandlik

3-6

Bosh ofis

16.10.2025

Условия работы

 

O‘zbekiston aholisi uchun muhim raqamli loyihalardan biri bo‘lgan my.gov.uz portalini rivojlantirishga hissa qo‘shadigan iqtidorli mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

Vazifalar:

  • Portal va mobil ilovalar uchun matnlarni (yangiliklar, yo‘riqnomalar, maslahatlar, bildirishnomalar) yozish va tahrirlash.

  • Kontentni o‘zbek, rus va ingliz tillariga sifatli tarjima qilish va moslashtirish.

  • Mavjud matnlarni mazmun va imlo jihatidan tekshirish, tahrirlash va takomillashtirish.

  • Loyiha bo‘yicha texnik hujjatlarni yaratish va doimiy yangilab borish.

  • Butun platformada yagona uslub, ohang va terminologiyani ta’minlash.

Nomzodga qo'yiladigan talablar:

  • Filologiya, jurnalistika yoki tegishli sohada oliy ma’lumotga ega bo‘lish afzallik hisoblanadi.

  • Matn bilan ishlash bo‘yicha tasdiqlangan tajriba (kopirayter, muharrir, jurnalist).

  • Rus va o‘zbek tillarini mukammal bilish (og‘zaki va yozma savodxonlik). Ingliz tilini kamida Upper-Intermediate (B2) darajasida bilish.

  • Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va mayda detallarga e'tiborli bo‘lish.

  • Bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani bajara olish va qisqa muddatlarda samarali ishlash qobiliyati.

Biz nima taklif qilamiz:

  • Ish grafigi: 5 kunlik ish haftasi, dushanbadan jumagacha, 09:00 dan 18:00 gacha.

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga to‘liq muvofiq rasmiylashtirish va 28 kalendar kunlik yillik mehnat ta'tili.

  • Qat'iy drees-kodning yo'qligi — biz davlat tashkilotlari haqidagi qoliplarni buzish tarafdorimiz.

  • O‘z bilim va tajribasi bilan bo‘lishishga doim tayyor bo‘lgan kuchli mutaxassislar jamoasida ishlash imkoniyati.

  • Aholi turmush darajasini yaxshilashga va mamlakatning yetakchi korxonalarida biznes jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan yirik loyihalarda ishtirok etish.

  • Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojlanishiga bevosita hissa qo'shish uchun keng imkoniyatlar.

Jamoamizga qo'shiling va birgalikda yangi marralarni zabt etaylik

Заинтересованы в вакансии?

Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы