Qo'ng'iroqlar markazi operatori
Ish sharoitlari
Vazifalar:
-
Foydalanuvchilardan kelib tushadigan murojaat va arizalarni qabul qilish.
-
Ish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda oʻzlashtirish.
-
Ishbilarmonlik muloqoti odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
-
Xodimlarni oʻqitish dasturida koʻzda tutilgan barcha trening va yoʻriqnomalarda ishtirok etish.
Talablar:
-
Davlat xizmatlari yoki elektron hukumat tizimlari bilan ishlash tajribasi afzallik hisoblanadi.
-
Rus va oʻzbek tillarini mukammal bilish.
-
Ravon nutq va aniq diksiya.
-
Kompyuterni yuqori darajada bilish (ishonchli foydalanuvchi).
-
Muloqot qilish qobiliyati.
-
Sifat va natijaga yoʻnalganlik.
-
Yangi bilimlarni tez oʻzlashtira olish.
-
Stressga chidamlilik.
Biz taklif qilamiz:
-
Ish jadvali: Hafta davomida 5 kun, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
-
Rasmiy ishga joylashish: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq, 28 kalendar kunlik haq toʻlanadigan yillik taʼtil.
-
Qatʼiy drees-kod yoʻq: Biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni yoʻq qilishga intilamiz.
-
Kuchli jamoa: Oʻz bilim va tajribasi bilan boʻlishishga tayyor professionallar jamoasida ishlash imkoniyati.
-
Muhim loyihalar: Aholi hayotini yaxshilash va mamlakatning yetakchi korxonalarida biznes jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan yirik loyihalarda ishtirok etish.
-
Keng imkoniyatlar: Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojiga faol taʼsir koʻrsatish uchun keng imkoniyatlar.
Yangi choʻqqilarni birgalikda zabt etish uchun sizni jamoamizda kutib qolamiz
Vakansiyaga qiziqdingizmi?
Vakansiyaga ariza berishdan oldin majburiyatlar va ish sharoitlari bilan tanishib chiqing