UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Backend o‘qituvchisi

To'liq stavka

3-6

Bosh ofis

25.09.2024

Условия работы

"USTUDY by UZINFOCOM" IT akademiya tajribali Backend o‘qituvchisini o‘z jamoasini kuchaytirish uchun qidirmoqda.

Majburiyatlar:

  • Kurs uchun materiallar tayyorlash (kurs dasturiga asosan nazariy materiallar va amaliy topshiriqlar);
  • Kursning dolzarbligini markaz metodologi bilan birgalikda saqlab turish;
  • Tasdiqlangan dasturlar bo‘yicha o‘qitish;
  • Uy vazifalarini tahlil qilish;
  • Nazorat topshiriqlarini o‘tkazish va tekshirish;
  • Markaz tadbirlarida qatnashish.

Talablar:

  • Back-end dasturlash sohasida kamida 3 yillik tajriba, Java va Python dasturlash tillaridan foydalanish. O‘qitish tajribasi ustunlik beradi;
  • IT texnologiyalar bo‘yicha texnik oliy ma'lumot;
  • Tanlangan dasturlash tilini chuqur tushunish, shu jumladan uning xususiyatlari, imkoniyatlari va eng yaxshi amaliyotlari;
  • Dasturiy ta’minot ishlab chiqish tamoyillarini bilish;
  • Ma'lumotlar bazalari bo‘yicha asosiy bilimlar;
  • Murakkab narsalarni oddiy tilda tushuntirish mahorati;
  • Malakasini doimiy ravishda takomillashtirishga tayyorlik, trendlar va texnologiyalarni kuzatib borish;
  • Yaxshi kommunikativ ko‘nikmalar.

Bizlar nima taklif etamiz:

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtirish;
  • Soatbay to‘lov;
  • Moslashuvchan ish jadvali. Siz bitta yoki bir nechta guruh olishingiz mumkin;
  • Innovatsion o‘quv IT markazida ishlash;
  • Shaxsiy brendni kuchaytirish. Siz onlayn tadbirlar o‘tkazishingiz, mutaxassislarni o‘qitishingiz mumkin.

Заинтересованы в вакансии?

Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы