Loyiha Menejeri
Условия работы
Yagona Integrator UZINFOCOM butun sanoat tarmog‘ini raqamlashtirish bo‘yicha yirik loyihada ishtirok etish uchun Loyiha Menejerini izlamoqda.
Vazifalar:
-
Loyihalarni rejalashtirish, muvofiqlashtirish va amalga oshirilishini nazorat qilish;
-
Texnologik jarayon zanjirini ishlab chiqish va qurish, hamda uning uzluksizligini tahlil qilish;
-
Loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ish hajmi va tarkibini aniqlash;
-
Loyiha doirasidagi topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish va monitoringini olib borish;
-
Loyiha hayotiy tsiklining barcha bosqichlarida risklarni tahlil qilish va boshqarish;
-
Loyiha jamoasi ishini muvofiqlashtirish, ma’lumotlarni yig‘ish va shakllantirish uchun zarur bo‘lgan barcha jihatlarni hisobga olish;
-
Loyiha bilan bog‘liq ma’lumotlarni o‘rganish va yig‘ish;
-
Loyiha ustavini tuzish: asosiy maqsadlar, vazifalar va kutilayotgan natijalarni tavsiflash.
Talablar:
-
Shunga o‘xshash lavozimda kamida 3 yillik ish tajribasi;
-
Microsoft Project, JIRA yoki shunga o‘xshash loyihani boshqarish vositalari bilan ishlay olish;
-
Katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish va asosli qarorlar qabul qilish qobiliyati;
-
Turli manfaatdor tomonlar bilan ishlay olish va bo‘limlar o‘rtasida muvofiqlikni ta’minlash;
-
A’lo darajadagi muloqot ko‘nikmalari va jamoada ishlash qobiliyati.
Bizlar nima taklif etamiz:
-
Ish grafigi: haftasiga 5 kun, 09:00 dan 18:00 gacha;
-
O‘zbekiston Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtirish, 28 kalendar kunlik ta’til;
-
Qattiq kiyinish qoidalari yo‘q — biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni buzmoqchimiz;
-
Bilim va tajriba bilan o‘rtoqlashishga tayyor professionallar jamoasida ishlash;
-
Aholining hayotini yaxshilash va mamlakat yetakchi korxonalarida biznes jarayonlarni optimallashtirishga qaratilgan yirik va muhim loyihalarda ishtirok etish;
-
Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya hamda butun mamlakat taraqqiyotiga faol ta’sir ko‘rsatish imkoniyati.
Yangi marralarni birgalikda zabt etish uchun sizni jamoamizda kutamiz!
Заинтересованы в вакансии?
Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы