UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Senior Frontend Developer

To'liq bandlik

3-6

Bosh ofis

25.11.2025

Условия работы

Vazifalar:

  • React va Next.js asosida masshtablanuvchi va murakkab veb-interfeyslarni loyihalash hamda ishlab chiqish;

  • Qayta ishlatiladigan komponentlar tizimini (Design System) yaratish va "Clean Architecture" tamoyillariga rioya qilish;

  • Figma/Sketch maketlari asosida, Accessibility va UX talablarini inobatga olgan holda Pixel-perfect interfeyslarni yaratish;

  • Yangi funksiyalar yaratish va API (REST, GraphQL, Websocket) integratsiyasi bo‘yicha Backend, Design, QA va Product jamoalari bilan yaqindan hamkorlik qilish;

  • Feature Ownership: Funksionalni ishlab chiqishda yetakchilik qilish, Code Review o‘tkazish va kichik (Junior/Middle) dasturchilarga mentorlik qilish;

  • Ilovaning ishlash tezligini optimallashtirish, unit, integratsion va E2E testlarni yozish;

  • Build (yig‘ish) jarayonlarini sozlash va CI/CD pipeline’larini qo‘llab-quvvatlash.

Talablar:

  • Frontend yo‘nalishida 5+ yillik tijorat tajribasi. JavaScript/TypeScript, React va Next.js’ni ekspert darajasida bilish;

  • Yuqori yuklamali (High-load) tizimlarni yaratish tajribasi;

  • Frontend arxitekturasi, Clean Code va Clean Architecture tamoyillarini chuqur tushunish;

  • UI-kutubxonalar (Material UI, Ant Design va b.) bilan ishlash tajribasi;

  • Pixel-perfect layout va veb-inlyuzivlik (Accessibility/a11y) tamoyillarini bilish;

  • REST, GraphQL va Websocket protokollari bilan ishlash ko‘nikmasi;

  • Testlash (Jest, Cypress, Playwright) va optimizatsiya bo‘yicha chuqur bilimlar;

  • CI/CD va Docker bilan ishlash tajribasi;

  • Mustaqil qaror qabul qilish va jamoani texnik tomondan yetaklash qobiliyati.

Biz nima taklif etamiz:

  • Ish tartibi: Haftada 5 kun, 09:00 dan 18:00 gacha;

  • Rasmiylashtirish: O‘zR Mehnat kodeksiga to‘liq mos ravishda, 28 kunlik mehnat ta’tili;

  • Erkin muhit: Qat’iy dress-kod yo‘q — biz davlat tashkiloti haqidagi eskicha qarashlarni o‘zgartirmoqdamiz;

  • Jamoa: Bilim almashishga tayyor, kuchli mutaxassislar muhiti;

  • Loyihalar: Mamlakat miqyosidagi yirik loyihalar va aholi hayotini yaxshilashga qaratilgan raqamli xizmatlar ustida ishlash;

  • Rivojlanish: Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya texnologik rivojiga hissa qo‘shish imkoniyati.

Заинтересованы в вакансии?

Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы