UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Standartlashtirish bo‘yicha mutaxassis

Shartnoma Asosida, uzaytirish imkoniyati bilan

5+

Sog'liqni saqlash vazirligi

21.07.2025

Условия работы

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi raqamli sog‘liqni saqlash tizimlari uchun standartlarni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha malakali Standartlashtirish bo‘yicha mutaxassisni izlamoqda. DHMU (Raqamli sog‘liqni saqlashni boshqarish bo‘limi) sog‘liqni saqlash sohasida raqamli islohotlar strategiyasini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu strategiya tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish, bemor parvarishini kuchaytirish va sog‘liqni saqlash tizimini raqamli texnologiyalar orqali mustahkamlashga qaratilgan.

Tanlovda g‘olib chiqqan nomzod DHMU uchun standartlashtirish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, raqamli sog‘liqni saqlash tashabbuslarini milliy va xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘ladi. Standartlashtirish bo‘yicha mutaxassis standartlashtirilgan jarayonlar va texnologiyalarni integratsiya qilishni boshqaradi, ma’lumotlar xavfsizligi va maxfiyligi bo‘yicha talablar bajarilishini ta’minlaydi, manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikni rivojlantiradi va raqamli sog‘liqni saqlash dasturlarini doimiy baholash va takomillashtirishga hissa qo‘shadi.

Bu lavozim sog‘liqni saqlash informatika sohasi, standartlar ishlab chiqish va raqamli sog‘liq texnologiyalari bo‘yicha tajribani talab qiladi. Standartlashtirish bo‘yicha mutaxassis Vazirlikning raqamli sog‘liqni saqlash islohotlari doirasida standartlashtirilgan tizimlarni muvaffaqiyatli joriy etishda va O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash kelajagini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Nomzodlarni tanlash jarayoni KfW’ning “Moliyaviy hamkorlik doirasida hamkorlar bilan maslahat xizmatlari, ishlar, uskunalar, tovarlar va maslahat bo‘lmagan xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar” (2019-yil yanvar nashri, 2024-yil iyul holatiga yangilangan) asosida olib boriladi.

Topshiriq bo‘yicha batafsil Texnik topshiriq (ToR) quyida taqdim etilgan bo‘lib, u umumiy ma’lumotlar, vazifa maqsadlari, doirasi, hisobot talablari, zarur tajriba va malaka, baholash mezonlari hamda boshqa kerakli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Taklif topshirish muddati: 2025-yil 29-iyul, soat 17:00 gacha (Toshkent vaqti bilan). Belgilangan muddatdan keyin yuborilgan takliflar rad etiladi.

Iltimos, takliflaringizni quyidagi elektron pochta manzillariga yuboring: n.eshnazarov@ssv.uz va azamat.norov@civitta.com (arizaning haqiqiy hisoblanishi uchun u har ikkala manzilga ham belgilangan muddatdan oldin yuborilishi kerak). Vazirlik bosma nusxadagi arizalarni qabul qilmaydi.

Muhim eslatmalar:
● Konsultant Texnik topshiriqda (ToR) ko‘rsatilgan kasbiy va texnik malakaga ega bo‘lishi kerak. Faqat ushbu talablarga javob beruvchi nomzodlargina saralanadi va suhbatga taklif qilinadi.
● Barcha ariza shakllari to‘liq to‘ldirilib va imzolanishi lozim. To‘ldirilmagan, imzolanmagan yoki topshirilmagan arizalar Buyurtmachi tomonidan rad etilishi mumkin. Nomzodlar quyidagi ingliz tilidagi shakllarni to‘g‘ri to‘ldirib va imzolab topshirishlari lozim (ushbu tanlov e’loniga ilova qilingan):
a) Ilova A: Tarjimai hol (Curriculum vitae)
b) Ilova B: Majburiyat deklaratsiyasi (Declaration of Undertaking)
c) Ilova C: Soliq muvofiqligi deklaratsiyasi (Declaration of Tax Conformity)

Заинтересованы в вакансии?

Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы

Эта должность имеет особые требования. Пожалуйста, внимательно ознакомьтесь с ними перед подачей заявки.