Texnik qo‘llab-quvvatlash mutaxassisi
Work Conditions
Vazifalar:
-
Muhim axborot tizimlari, serverlar va tarmoq resurslarining mavjudligi va ishlashini monitoring qilish;
-
Hodisalarga tezkor javob berish, muammolarni qayd etish va SLA bo‘yicha bartaraf etish;
-
Foydalanuvchilarning Help Desk orqali murojaatlari bilan ishlash: ro‘yxatga olish, tasniflash, eskalatsiya, hal qilish;
-
Mijozlarning server uskunalarini texnik xizmat ko‘rsatish (stoykaga o‘rnatish/olib tashlash, diagnostika, dastlabki ko‘rik);
-
Mijoz qurilmalari uchun tarmoq sozlamalarini bajarish: portlarni sozlash, VLAN, IP-manzillarni taqsimlash va hisobga olish;
-
Linux boshqaruvidagi serverlarni o‘rnatish va dastlabki sozlash;
-
Mijozlarga tegishli veb-xostingni qo‘llab-quvvatlash, boshqaruv panellari bilan ishlash, kontent aks ettirishdagi muammolarni hal qilish;
-
Co-location va virtual server ijarasi xizmatlarini texnik qo‘llab-quvvatlash, uskunalarning hisobini yuritish.
Talablar:
-
Texnik qo‘llab-quvvatlash yoki tizim administratorlik sohasida kamida 1 yillik tajriba;
-
Monitoring tizimlari (Zabbix, Prometheus va boshqalar) va Help Desk xizmatlari (GLPI, OTRS, Freshdesk va h.k.) bilan ishlay olish;
-
IT-infratuzilma tamoyillarini tushunish: serverlar, kommutatorlar, VLAN, IP bilan ishlash;
-
Server uskunalarini yig‘ish va texnik xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalari (shu jumladan mijozning o‘z serverlari bilan ishlash);
-
Tarmoq interfeyslarini sozlash, IP, VLAN va portlarni hisobga olish va taqsimlash tajribasi;
-
Linux oilasiga mansub operatsion tizimlarni (Debian, Ubuntu, Rocky Linux) o‘rnatish va sozlash;
-
ISPmanager, cPanel, Plesk kabi veb-xosting boshqaruv panellari bilan ishlash tajribasi;
-
Pochta xizmatlari (Postfix, Dovecot va boshqalar) ishlash prinsiplari bo‘yicha asosiy bilimlar;
-
Savodli og‘zaki va yozma nutq, mijozga texnik masalalarni muloyim va tushunarli izohlash qobiliyati;
-
Mas’uliyat, aniqlik, SLA reglamentlariga muvofiq navbatchilik va ishga tayyorlik.
Bizlar nima taklif etamiz:
-
Ish vaqti: haftada 5 kun, soat 09:00 dan 18:00 gacha;
-
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish, 28 kunlik to‘lanadigan ta’til;
-
Qattiq kiyinish qoidalari yo‘q — biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni yo‘q qilishga intilamiz;
-
Bilim va tajriba almashishga tayyor kuchli jamoada ishlash;
-
Aholi hayot sifatini yaxshilash va mamlakatdagi yetakchi korxonalarda biznes jarayonlarni optimallashtirishga qaratilgan yirik va muhim loyihalarda ishtirok;
-
Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojiga faol ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlari.
Interested in this Vacancy?
Be sure to familiarize yourself with the duties and working conditions before responding to the job posting