UZINFOCOM kompaniyasiga UNIDO (United Nations Industrial Development Organization) tashkilotidan delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar kompaniyaning davlat xizmatlarini raqamlashtirish va AKT infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi asosiy loyihalari bilan tanishdilar.