UZINFOCOM va Janubiy Koreyaning PROTOTIE Co., Ltd. kompaniyasi distribyutorlik shartnomasini imzolab, O‘zbekiston raqamli yechimlarini Janubiy Koreyada birgalikda sotish uchun yo‘l ochdi.
Boshlang‘ich qatorda MyID Vision biometrik platformasi (KYC va jonlilikni aniqlash), DMED tibbiyot ekotizimi (elektron tibbiy karta va elektron retseptlar), agrobiznes uchun Agroplatform tarmoq majmuasi hamda mehmonlarni onlayn bron qilish va kuzatish imkoniyatiga ega E-TOURISM sayyohlik tizimi mavjud.