UZINFOCOMga "O‘zbekgidroenergo" AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Amirsaidov Bekzod Timurovich boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad - "O‘zbekgidroenergo" AJ tarkibiy bo‘linmalarida joriy etilishi rejalashtirilgan axborot tizimlari bilan tanishish. Uchrashuv doirasida dasturiy mahsulotlar va tizimlar taqdimoti o‘tkazilib, ularning funksional imkoniyatlari namoyish etildi.