UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

"Ochiq API" yordamida real vaqt rejimida moliyaviy ma'lumotlar almashinuvi (FIX) protokolidan foydalangan holda bozor ma'lumotlarini uchinchi shaxslarga tarqatish uchun dasturiy yechimni ishlab chiqish.

20.02.2024

"Ochiq API" yordamida real vaqt rejimida moliyaviy ma'lumotlar almashinuvi (FIX) protokolidan foydalangan holda bozor ma'lumotlarini uchinchi shaxslarga tarqatish uchun dasturiy yechimni ishlab chiqish.

Loyiha buyurtmachisi: “Yagona Integrator” MChJ – UZINFOCOM, yuridik manzili: 100011, Toshkent sh. A. Navoiy 28B, “Ochiq API yordamida real vaqt rejimida moliyaviy axborot almashish protokoli (FIX) dan foydalangan holda bozor ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga tarqatish bo‘yicha dasturiy yechimni ishlab chiqish” loyihasi bo‘yicha eng yaxshi takliflar tanlovini tashkil etishni e’lon qiladi.

Tanlovda yetkazib beruvchilar uchun belgilangan mezonlarga va ushbu xabarnomaga taqdim etilgan tanlovga (ilova qilingan) texnik talablarga javob beradigan kompaniyalar (keyingi o‘rinlarda Ishtirokchilar deb yuritiladi) ishtirok etishi mumkin.

Ariza topshirishning boshlanish sanasi va vaqti: 2024-yil 20-fevral

Arizalarni qabul qilishning yakuniy sanasi va vaqti: 2024-yil 29-fevral, soat 15:00

Buyurtmachi istalgan vaqtda tegishli bildirishnoma orqali arizalarni qabul qilish tugash sanasidan oldin tanlovni rad etish va barcha qabul qilingan arizalarni rad etish huquqini o'zida saqlab qoladi.

Barcha takliflar hujjatlar to‘plami bilan elektron shaklda info@uzinfocom.uz korporativ elektron pochta manziliga yoki telegram orqali mas’ul shaxsga yuborilishi kerak.

Bog'lanish uchun ma'lumotlar: +998 (71) 202-22-02 (ichki 795)