UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM jamoasi Dubayda bo'lib o'tayotgan GITEX GLOBAL 2024 xalqaro IT-ko'rgazmasida ishtirok etdi.

Tadbirga turli mamlakatlardan 187 000 dan ortiq tashrifchilar qatnashdi.

18.10.2024

UZINFOCOM jamoasi Dubayda bo'lib o'tayotgan GITEX GLOBAL 2024 xalqaro IT-ko'rgazmasida ishtirok etdi.

 

 

Ko'rgazma doirasida Dubayning Transport va yo'llar bo'yicha davlat idorasi (RTA) UZINFOCOM bilan hamkorlikda o'z stendida bizning MyID Palm innovatsion yechimimizni - Dubay metrosida kaft orqali kontaktsiz to‘lovni taqdim etdi. Yechim ko'rgazmaning ko'plab mehmonlarini, jumladan, Dubay amiri Muhammad ibn Rashid Al Maktumni ham o'ziga jalb qildi, u shaxsan texnologiya ish jarayoni bilan tanishdi.

 

GITEX tashrifchilari MyID Palm ning kundalik hayotda qo'llash uchun yuqori salohiyatga ega ekanligini qayd etishdi, ayniqsa, yirik megapolis sharoitida, to'lov vaqtini qisqartirish va foydalanuvchi tajribasini yaxshilash muhim bo'lgan joylarda.