UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM Silikon vodiysi tarixidagi birinchi "Central Eurasia at Silicon Valley" konferensiyasida ishtirok etdi.

Ushbu tadbir afsonaviy Yerba Buena Arts Center zalida o‘tkazilib, bir vaqtlar Stiv Jobs iPhone va iPad’ni dunyoga taqdim qilgan joydir.

29.10.2024

UZINFOCOM Silikon vodiysi tarixidagi birinchi "Central Eurasia at Silicon Valley" konferensiyasida ishtirok etdi.

 

Tadbirda mintaqaning eng yaxshi 100 ta startapi, amerikalik investorlar, yirik tadbirkorlar va 1500 dan ortiq ishtirokchilar ishtirok etdi. Sahnada 50 dan ortiq spikerlar, jumladan, MDH davlatlari hukumat vakillari, Coursera, Stanford, Unshackled Ventures kabi kompaniyalarning top-menejerlari va boshqa ekspertlar so‘zga chiqishdi.

Tashkilotchilar Markaziy Yevrosiyo – bu katta salohiyatga ega bo‘lgan dinamik rivojlanayotgan hudud ekanligini ta'kidlashdi, har yili 200 mingdan ortiq yosh mutaxassislar STEM yo‘nalishlari (fan, texnologiya, ta’lim, matematika) bo‘yicha ta’lim oladi, bu esa texnologik o‘sish va innovatsiyalar uchun kuchli asos yaratadi.