UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM Yengil Atletika Federatsiyasi bilan hamkorlikda Yugur.uz

O‘zbekistondagi yugurishga bag‘ishlangan birinchi elektron platformani ishga tushirdi!

31.10.2024

UZINFOCOM Yengil Atletika Federatsiyasi bilan hamkorlikda Yugur.uz

 

Yugur.uz xalqaro va respublika yugurish musobaqalarini tashkil etish imkoniyatlarini ochib beradi, onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonini soddalashtiradi, natijalarni qayd etish va ularni kuzatish imkoniyatini taqdim etadi. Platforma sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yoshlarni muntazam sport bilan shug‘ullanishga jalb qilishga qaratilgan.

Hozirda platformada 19500 dan ortiq akkaunt, 30 ta yugurish tadbiri va 6700 ga yaqin ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan.

 

2024 yil 9 oktabrdan 30 noyabrgacha mamlakatning 14 shahrida "Talaba-Yugur" yugurish musobaqalari o‘tkazilmoqda, ularga oliy o‘quv yurtlari talabalari, yoshlar va o‘qituvchilar taklif qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun Yugur.uz saytiga kirib, start paketini xarid qilish va shaxsiy kabinetga kirish kifoya, bu yerda natijalarni kuzatish va reytingda o‘rin egallash mumkin.