UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM San-Fransiskoda bo‘lib o‘tgan TechCrunch konferensiyasida MyID loyihasini taqdim etdi

Dunyoning eng yirik startap-konferensiyalaridan biri bo‘lgan

01.11.2024

UZINFOCOM San-Fransiskoda bo‘lib o‘tgan TechCrunch konferensiyasida MyID loyihasini taqdim etdi

TechCrunch Disrupt har yili 10 mingga yaqin ishtirokchini, jumladan, yirik korporatsiyalar vakillarini, global innovatsiyalar yetakchilarini, startap asoschilarini va yangi investitsion imkoniyatlarga qiziqqan investorlarni jamlaydi.

 

Joriy yilda Markaziy Yevroosiyodan 24 ta startap o‘zining ilg‘or yechimlarini namoyish etdi, ulardan 16 ta loyiha IT Park Uzbekistan va Astana Hub texnoparklari ko‘magida Central Asian Innovation Hubs brendi ostida taqdim etildi.

UZINFOCOM jamoasi tajriba almashishda faol ishtirok etdi va xalqaro hamjamiyat e’tiborini O‘zbekistonning innovatsiyalariga jalb etib, MyID — identifikatsiyani soddalashtirish va raqamli muloqotni qulaylashtirishga qaratilgan texnologik yechimni taqdim etdi.