UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Yagona integrator UZINFOCOM .UZ domeni ma’muriyatini nomidan

2024-yil 9–14-noyabr kunlari Istanbulda bo‘lib o‘tgan ICANN81 yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etdi.

14.11.2024

Yagona integrator UZINFOCOM .UZ domeni ma’muriyatini nomidan

ICANN81 – internet boshqaruvi va domen sanoati bo‘yicha eng yirik tadbir bo‘lib, internetga kirishni yaxshilash masalalarini muhokama qilish va tajriba almashish uchun dunyoning turli burchaklaridan 3200 dan ortiq ishtirokchilarni yig‘di.

.UZ domeni ma’muriyati rahbari .UZ domenining hozirgi tendensiyalari va rivojlanish istiqbollari haqida ma'ruza qildi hamda blokcheyn va sun’iy intellekt asosidagi yangi xizmatlarni joriy etish orqali jarayonlarning shaffofligini oshirish va kiberbosim va noqonuniy domen nomlaridan foydalanish xavfini kamaytirish haqida batafsil ma’lumot berdi.