UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Xalqaro tadbirkorlik haftaligi (GEW) doirasida UZINFOCOM mutaxassisi "Biznesda sun’iy intellektning o‘rni" mavzusida trening o‘tkazdi

2024-yil 25-29-noyabr kunlari Toshkentda 8-Xalqaro tadbirkorlik haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Bu keng ko‘lamli tadbir biznes yetakchilari, mutaxassislar va yosh tadbirkorlarni bir joyga jamlamoqda.

28.11.2024

Xalqaro tadbirkorlik haftaligi (GEW) doirasida UZINFOCOM mutaxassisi "Biznesda sun’iy intellektning o‘rni" mavzusida trening o‘tkazdi

Ushbu tadbir doirasida UZINFOCOM mutaxassisi "Sun’iy intellektning biznesdagi o‘rni" mavzusida ma’ruza qildi va sun’iy intellekt texnologiyalarini turli sohalarga joriy etishning asosiy jihatlarini yoritib berdi. Sun’iy intellektni biznesda qo‘llashning amaliy misollari, shuningdek, O‘zbekistonda uni rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.