UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni oldidan

"OITSga qarshi kurashish tizimini raqamlashtirish: innovatsiyalar, dolzarb muammolar va yechimlar" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

29.11.2024

Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni oldidan

Tadbir Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda Respublika OITSga qarshi kurash markazi tomonidan uyushtirildi.

Erishilgan yutuqlar orasida dori-darmonlar va test-tizimlar harakatini real vaqt rejimida kuzatib borish imkonini beruvchi elektron axborot tizimining joriy etilganligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, OIV bilan kasallangan muhojirlarni masofadan turib ro‘yxatga olish va davolash tizimi ishga tushirildi, tibbiy xizmatlar takomillashtirildi va UNICEF bilan hamkorlikda "Foydali narsalar interneti" mobil ilovasi amaliyotga tatbiq etildi.

UZINFOCOM bosh direktori Emil Gimranov boshqa taniqli mutaxassislar qatorida OITSga qarshi kurashish tizimini raqamlashtirishdagi xizmatlari uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.