Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 17-dekabrdagi 384-sonli buyrug‘iga ko‘ra,
respublika bo‘ylab sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini muassasalarida DMED yagona tibbiy tizimini keng miqyosda joriy etish boshlandi.
Bu qadam tibbiy xizmatlar sifati va tezkorligini oshirish, shuningdek, hujjatlar aylanmasini takomillashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
UZINFOCOM mutaxassislari joylardagi mas’ul xodimlar uchun amaliy seminarlar va o‘quv mashg‘ulotlarini faol o‘tkazib, tizimning funksional imkoniyatlarini tez va samarali o‘zlashtirishga ko‘maklashmoqda. Bunday tayyorgarlik yangi ish standartlariga ishonchli o‘tishni ta’minlash va tibbiyot muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik darajasini yuksaltirishga qaratilgan.