UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Bugun bo‘shagan domen nomlari auksioni orqali birinchi sx.uz domeni 1.150.000 so‘mga muvaffaqiyatli sotildi!

G‘olibni tabriklaymiz va kelgusidagi savdolarda barchangizga omad tilaymiz!

23.12.2024

Bugun bo‘shagan domen nomlari auksioni orqali birinchi sx.uz domeni 1.150.000 so‘mga muvaffaqiyatli sotildi!

 

Eslatib o‘tamiz, auksion 14 dekabr kuni O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi bilan hamkorlikda domain.uzex.uz platformasida boshlangan edi. Loyiha savdolarning shaffofligi va ishonchliligini ta’minlash uchun sun’iy intellekt va blokcheyn kabi zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi. Olingan mablag‘larning bir qismi loyihaning ijtimoiy ma’suliyatini oshirish uchun xayriya ishlariga yo‘naltiriladi.

Auksionlar davom etmoqda va har kim o‘zining ideal domeni uchun kurashishi mumkin. Yangiliklarni ccTLD.uz Telegram-kanalida quyidagi havola orqali kuzatib boring.