UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM kompaniyasi Octobank, ATTO, Transport vazirligi va Toshkent metropoliteni bilan hamkorlikda metrodan foydalanish uchun to'lovning zamonaviy texnologiyasi - MyID Palmni ishga tushirdi.

Endi poytaxt aholisi va mehmonlari to'lovni amalga oshirish uchun shunchaki kaftini skanerga tutishlari mumkin

28.12.2024

UZINFOCOM kompaniyasi Octobank, ATTO, Transport vazirligi va Toshkent metropoliteni bilan hamkorlikda metrodan foydalanish uchun to'lovning zamonaviy texnologiyasi - MyID Palmni ishga tushirdi.

Tizimga ulanish uchun yo'lovchilar:

 

  • O'zlari bilan smartfon va ATTO transport kartasini olib yurishlari;
  • Metro bekatlaridagi infokiosklarda ro'yxatdan o'tishlari;
  • Biometrik profil yaratish uchun kaftlarini skanerlashlari;
  • ATTO mobil ilovasida ATTO transport kartasini ochishlari yoki qo'shishlari va uni kaftlari tasviriga bog'lashlari kerak.

 

Hozirgi vaqtda tizim Olmazor bekatidan Buyuk Ipak Yo'li bekatigacha bo'lgan Chilonzor yo'nalishidagi 12 ta stansiyada sinov rejimida ishlamoqda.