.UZ zonasida bo‘shagan domen nomlari auktsioni xizmati domain.uzex.uz (auction.cctld.uz) birinchi oylik faoliyatini yakunladi.
Shu davr ichida foydalanuvchilar 36 domen nomini sotib oldilar va umumiy bitimlar summasi 22 620 000 so‘mni tashkil etdi.

Eng katta bitim ikki harfli zt.uz domen nomi uchun o‘tkazilgan auktsionda amalga oshirildi, g‘olib taklif 5 850 000 so‘mni tashkil etdi.
Blokcheyn va sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan xizmat shaffoflik, ishonchlilik va samaradorlikni namoyon etmoqda.
Blokcheyn operatsiyalarning shaffofligini ta’minlasa, sun’iy intellekt eng qimmatli va jozibador domen nomlarini tanlab beradi. Ushbu afzalliklar platformaning ommabopligini oshirmoqda.
Foydalanuvchilarga ishonch va qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz! Yangiliklarni kuzatib boring va yangi imkoniyatlardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘ling.
Eslatib o‘tamiz, xizmat 14-dekabr kuni .UZ domeni ma’muriyati va O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi hamkorligida ishga tushirilgan.