UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan UZINFOCOM bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan

"Suv Hisobi" axborot tizimi pilot rejimida ishga tushirildi.

23.01.2025

Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan UZINFOCOM bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan

Ushbu tizim har bir oy yakunlari bo‘yicha suv taʼminoti tashkilotlari va suv isteʼmolchilari o‘rtasida tuzilgan dalolatnomalarni elektron shaklda to‘ldirish va ularni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash imkonini beradi. Bundan tashqari, tizim shunga o‘xshash dalolatnomalarning yagona maʼlumotlar bazasini shakllantiradi.

UZINFOCOM mutaxassislari Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida tizim foydalanuvchilari uchun o‘quv seminarlari o‘tkazib, tizim funksiyalarini tez va samarali o‘zlashtirishga yordam berishdi. Bu barcha darajalarda suvdan foydalanishni hisobga olish va nazorat qilishda shaffoflik va tezkorlikni oshirishni taʼminlash imkonini beradi.