JSST va UZINFOCOM O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish masalalarini muhokama qildi
2025-yil 29-yanvar kuni JSSTning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi ofisida raqamli sog‘liqni saqlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir JSST va UZINFOCOM tashabbusi bilan tashkil etildi.

Unda quyidagi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi:
✅ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
✅ O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
✅ Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi
✅ "Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi" idorasi
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi
✅ Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator – UZINFOCOM
✅ Xalqaro hamkorlar: KFW banki, UNOPS, GIZ va boshqa donor tashkilotlari vakillari.
Uchrashuv davomida UZINFOCOM mutaxassislari tibbiyot sohasi uchun ishlab chiqilgan raqamli yechimlarni taqdim etdi. Ushbu yechimlar ma'lumotlarni boshqarish samaradorligini oshirishga va xalqaro standartlar bilan integratsiyalashga qaratilgan. Taqdim etilgan tizimlar o‘zlarining funksionalligi va milliy sog‘liqni saqlash axborot tizimini rivojlantirish salohiyati jihatidan ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi.
Asosiy muhokama mavzulari:
🔹 JSSTning raqamli sog‘liqni saqlash borasidagi dolzarb tashabbuslari.
🔹 Tibbiy tizimlarni raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlikni yo'lga qo'yish istiqbollari.
🔹 Milliy sog‘liqni saqlash axborot tizimini yanada rivojlantirish choralari.
Sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilishda davlat va xalqaro hamkorlarning birgalikdagi sa'y-harakatlari muhim ahamiyatga ega. UZINFOCOM tibbiyot sohasi uchun ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va raqamli yechimlarni ishlab chiqishni davom ettiradi.
Konstruktiv muloqot va samarali uchrashuv uchun barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildiramiz!