Diqqat! Yangi firibgarlik holatlari haqida ogohlantirish!
Hurmatli fuqarolar! So‘nggi vaqtlarda firibgarlik holatlari ko‘payib, soxta veb-saytlar va ilovalar yaratish orqali amalga oshirilmoqda.

Bu ilovalar rasmiy xizmatlar sifatida ko‘rsatiladi. Firibgarlar SMS, messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar yoki email orqali xabarlar yuborib, shuningdek, mashhur ijtimoiy tarmoqlarda nishonga olingan reklamalar orqali: «firibgar ilovani yuklab olish», «ma’lumotlarni tasdiqlash», «foyda olish» yoki «xizmatni faollashtirish» kabi takliflar bilan havolalar yuborishmoqda.
Firibgarlar qanday harakat qiladi:
🔹 Rasmiy xizmatlarni taqlid qiluvchi soxta ilovani yuklab olishni taklif qilishadi.
🔹 «Ma’lumotlarni yangilash» yoki «xavfsizlikni tekshirish» bahonasida shaxsiy ma’lumotlaringizni – pasport ma’lumotlari, telefon raqamlari, bank rekvizitlarini so‘rashadi.
🔹 Bunday ilovani o‘rnatganingizda yoki ma’lumotlaringizni kiritganingizda, firibgarlar moliyaviy mablag‘laringizga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritishi yoki sizning nomingizdan kredit rasmiylashtirishi mumkin.
Esda tuting:
✅ UZINFOCOM tomonidan ishlab chiqilgan MyID rasmiy mahsuloti ushbu firibgarlik holatlariga aloqador emas!
✅ MyID hech qachon begona ilovalarni yuklab olish uchun havolalar yubormaydi va shaxsiy ma’lumotlarni shubhali saytlar orqali talab qilmaydi.
O‘zingizni qanday himoya qilishingiz kerak:
🔹 Xabarlardagi shubhali havolalarga kirmang.
🔹 Faqat rasmiy manbalardan – Google Play yoki App Store’dan ilovalarni yuklab oling.
🔹 Veb-sayt manzillari va yuboruvchilarning kontakt ma’lumotlarini tekshiring. UZINFOCOM’ning rasmiy resurslari doim davlat portallari va ishonchli OAVda e’lon qilinadi.
🔹 Hech qachon login, parol, SMS-kod va pasport ma’lumotlaringizni uchinchi shaxslarga bermang.
Agar siz shunga o‘xshash firibgarlik holatlariga duch kelsangiz, darhol huquq-tartibot organlariga yoki Kiberxavfsizlik markazi ishonch telefoniga qo'ng'iroq qiling.
Ushbu ma’lumotni yaqinlaringiz va do‘stlaringizga ulashing! Firibgarlikka qarshi faqat birgalikda kurashishimiz mumkin!
Hushyor bo‘ling va ma’lumotlaringizni himoya qiling!
Hurmat bilan, UZINFOCOM va MyID jamoasi.