UZINFOCOM vakillari BAAda bo'lib o'tgan "Uzbekistan Tech Conference" tadbirida ishtirok etishdi
Tadbir xalqaro kompaniyalarni O'zbekistonga jalb qilish va mahalliy kompaniyalarni global bozorga olib chiqish uchun hamkorlik o'rnatish, sheriklik aloqalarini yaratishga qaratilgan.

UZINFOCOM eksport bo'limi mutaxassisi Azamat Turg'un ishtirokchilarga kompaniya loyihalari haqida so'zlab berdi, MyID ekotizimi va uning biometrik identifikatsiya mahsulotlariga alohida e'tibor qaratdi.
Eslatib o'tamiz, MyID Palm innovatsion yechimi allaqachon mamlakatimizda Toshkent metrosida yo'l haqini to'lash uchun joriy etilgan, shuningdek, Dubaydagi xalqaro maydonchada sinovdan o'tgan va global o'yinchilar uchun o'zining qulayligini tasdiqlagan.