UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Yaponiyaning Sojitz korporatsiyasining delegatsiyasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi.

Sojitz — 2004-yilda tashkil etilgan bo'lib, yirik yapon savdo va investitsiya korporatsiyasi hisoblanadi. Asosiy faoliyat yo'nalishlari savdo, avtomobilsozlik, energetika, agrobiznes, infratuzilma loyihalari va boshqa sohalarga investitsiyalarni o'z ichiga oladi.

18.02.2025

Yaponiyaning Sojitz korporatsiyasining delegatsiyasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi.

Mehmonlar kompaniyamizning faoliyati va asosiy yo‘nalishlari bilan tanishib, zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etish bo‘yicha tajriba almashdilar.

Uchrashuvda davlat-xususiy sheriklik doirasida Samarqand shahrida Sojitz korporatsiyasi tomonidan qurilayotgan yangi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida tibbiyot axborot tizimini (TAT) joriy etish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

TATning funksional xususiyatlarini batafsil o‘rganish maqsadida uning ishini joylarda namoyish etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shundan so‘ng tibbiyot markaz infratuzilmasining ehtiyojlari va xususiyatlarini inobatga olgan holda tizimni joriy etishning bosqichma-bosqich rejasi belgilanadi.