UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM xodimlari Raqamli texnologiyalar vazirligi va yuqori texnologiyalar sohasida dunyo yetakchilaridan biri bo'lgan NVIDIA kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan sun'iy intellekt bo'yicha seminarda ishtirok etishdi.

Seminarning asosiy maqsadi – sun'iy intellekt texnologiyalarining imkoniyatlarini namoyish etish va ularni biznes va iqtisodiyotda qo'llash bo'yicha amaliy tajriba bilan o'rtoqlashish.

20.02.2025

UZINFOCOM xodimlari Raqamli texnologiyalar vazirligi va yuqori texnologiyalar sohasida dunyo yetakchilaridan biri bo'lgan NVIDIA kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan sun'iy intellekt bo'yicha seminarda ishtirok etishdi.

Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o'rinbosari Oleg Pekos so'zga chiqib, O'zbekiston iqtisodiyotining barcha asosiy tarmoqlarida sun'iy intellektni tatbiq etish muhimligini alohida ta'kidladi. NVIDIA kompaniyasining MDH mamlakatlaridagi biznesni rivojlantirish bo'yicha direktori Anton Djorayevning taqdimoti ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi. U kompaniyaning so'nggi ishlanmalari hamda sun'iy intellekt yechimlarining iqtisodiyotning turli sohalarida qo'llanilishiga oid amaliy misollar bilan o'rtoqlashdi.

 

Tegishli oliy ta'lim muassasalari talabalari, o'qituvchilar, shuningdek, IT, fintech va raqamli texnologiyalar mutaxassislari NVIDIA ekspertiga savollar berish va sun'iy intellektning kelajagi haqida qimmatli ma'lumotlarga ega bo'lish imkoniyatini qo'lga kiritdilar.