UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM sanoatni raqamlashtirish departamenti xodimlari konchilik sanoati uchun texnologiyalarning yetakchi jahon yetkazib beruvchilaridan biri bo'lgan Datamine kompaniyasi rahbariyati bilan ishchi uchrashuv o'tkazdilar.

Datamine Software geologik qidiruv, resurslarni modellashtirish, kon ishlarini rejalashtirish, ishlab chiqarishni boshqarish, logistika va marketing uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqishga ixtisoslashgan.

24.02.2025

UZINFOCOM sanoatni raqamlashtirish departamenti xodimlari konchilik sanoati uchun texnologiyalarning yetakchi jahon yetkazib beruvchilaridan biri bo'lgan Datamine kompaniyasi rahbariyati bilan ishchi uchrashuv o'tkazdilar.

Uchrashuvdan maqsad aloqa o'rnatish, UZINFOCOM faoliyatini taqdim etish, shuningdek, hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdan iborat edi. O'zbekistonda sohani modernizatsiya qilishda muhim qadam bo'lishi mumkin bo'lgan geologiyani raqamlashtirish konsepsiyasini ishlab chiqishda mumkin bo'lgan hamkorlikka alohida e'tibor qaratildi. Muzokaralar davomida tomonlar tajriba almashdilar va keyingi hamkorlik uchun asosiy yo'nalishlarni belgilab oldilar.