Yaponiya "Digital Knowledge" kompaniyasi bosh direktori va "Japan Digital University" asoschisi Noguchi Yasuyuki IT-Park majmuasi va UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvning asosiy mavzusi — "Digital Knowledge" binosida joylashadigan Tokio shahridagi IT Park ofisining ochilishi bo'ldi.

Ushbu voqea O'zbekiston va Yaponiya IT sohalari o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo'ladi.
Tashrif davomida hamkorlik istiqbollari, jumladan, Yaponiya kompaniyalarini O'zbekiston IT-biznesi bilan sheriklikka jalb qilish va qo'shma loyihalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. UZINFOCOM ofisida mehmon asosiy loyihalar bilan tanishib, davlat va xususiy sektorlardagi keng ko'lamli IT-tashabbuslariga qiziqish bildirdi.