UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM ofisida GOPA AFC kompaniyasi vakillari – bosh direktor Johannes Buschmeier va GOPA Consulting Group'ning O‘zbekistondagi ofisi direktori Rahilya Nurbayeva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

GOPA AFC (Agriculture, Finance and Climate) – bu GOPA Consulting Group xalqaro guruhiga kiruvchi Germaniyaning konsalting kompaniyasi.

11.03.2025

UZINFOCOM ofisida GOPA AFC kompaniyasi vakillari – bosh direktor Johannes Buschmeier va GOPA Consulting Group'ning O‘zbekistondagi ofisi direktori Rahilya Nurbayeva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

U barqaror rivojlanish, qishloq xo‘jaligi, moliya, iqtisodiy rivojlanish va raqamli transformatsiya sohalaridagi loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan.

Tashrifning asosiy maqsadi – UZINFOCOM yechimlari bilan tanishish va O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilish.

Xususan, shaharsozlikning raqamli platformasini ishlab chiqish bo‘yicha potentsial hamkorlik muhokama qilindi, bu shahar muhitini rejalashtirish va monitoring qilish jarayonlarini takomillashtirish, shuningdek, turli idoralar va tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar texnik imkoniyatlarni batafsil o‘rganish va hamkorlik formatini kelishish bo‘yicha keyingi qadamlarni belgilab oldilar.