DNS kelajagi va ICANN 82 forumida xalqaro hamkorlik
8–13 mart kunlari Sietlda ICANN 82 Hamjamiyat Forumi bo‘lib o‘tmoqda — bu internetning global rivojlanishini muhokama qilish uchun muhim tadbir.

Forumning asosiy mavzularidan biri DNS tizimi va uning kelajagidir.
Tadbir doirasida Keyingi avlod DNS bo‘yicha ishchi guruhining natijalari taqdim etildi, guruh tarkibida .UZ domeni ma’muriyati vakillari ham bor.
Maxsus sessiyada ccTLD reyestrlariga yangi texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari, domenlarning qiymatini oshirish va sohani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
ICANN 82 tajriba almashish, innovatsion yechimlarni topish va internet boshqaruvi sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim maydon hisoblanadi.