UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

IT-Parkda «Biznes uchun neyron tarmoqlar» mavzusida workshop bo‘lib o‘tdi.

Unda sun’iy intellekt texnologiyalarini korporativ muhitga joriy etish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar muhokama qilindi.

09.04.2025

IT-Parkda «Biznes uchun neyron tarmoqlar» mavzusida workshop bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda IT-kompaniyalar, kichik va o‘rta biznes vakillari, xolding kompaniyalar, rahbarlar hamda kadrlar bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etdi.

 

Spikerlardan biri sifatida UZINFOCOM kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ovozli yordamchi — Muxlisa AI loyihasi rahbari Ulug‘bek Shakirov ishtirok etdi. U ishtirokchilarga Muxlisa AI mahsuloti, uning komponentlari, afzalliklari va qo‘llanilishiga doir misollar, jumladan my.gov.uz portalidagi chat-bot haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, sun’iy intellektning raqamli kelajakdagi asosiy o‘rni va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.