UZINFOCOM va UNFPA O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya sohalarida raqamli rivojlanishni jadallashtirishga qaratilgan o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi Memorandumni imzoladi.
Ushbu hamkorlik orqali reproduktiv salomatlik xizmatlariga kengroq kirish imkonini yaratish, gender tengligini targ‘ib qilish va yoshlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan zamonaviy raqamli yechimlar ishlab chiqiladi.

Asosiy yo‘nalishlarga sog‘liq va demografik ko‘rsatkichlarni monitoring qilish tizimlari, ijtimoiy xizmatlarni raqamlashtirish hamda sifatli ma’lumotlar asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish kiradi.
Mazkur tashabbus “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlariga mos keladi va ayollar, yoshlar hamda ijtimoiy jihatdan zaif guruhlar uchun axborot va sifatli xizmatlarga teng va adolatli kirishni ta’minlashga xizmat qiladi.