Bugun biz IT sohasidagi Xalqaro qizlar kunini nishonlayapmiz
bu sana har yili aprel oyining to‘rtinchi payshanbasida o‘tkazilib, tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan texnologiyalar sohasida qizlar va ayollar uchun imkoniyatlarni kengaytirish muhimligiga e’tibor qaratadi.

Ushbu tashabbus 2011-yil aprel oyida Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU) tomonidan gender tengligini ta’minlashga qaratilgan rezolyatsiya asosida boshlangan bo‘lib, o‘shandan buyon dunyo bo‘ylab yuz minglab ishtirokchilarni birlashtirib kelmoqda.
UZINFOCOM jamoasi sifatida biz IT sohasida ayollar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan hamkorliklarimiz hamda iste’dodli hamkasblarimiz bilan faxrlanamiz. Ushbu kun sizni yangi loyihalar, dadil qarorlar va professional yuksalish sari ilhomlantirsin!