INNOPROM doirasida "Sanoat taraqqiyoti: raqamlashtirish va yangi texnologiyalar" mavzusidagi panel sessiyasi o‘tkazildi.
Ishtirokchilar raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlari, korxonalarning raqamli yetuklik darajasi hamda Rossiya yechimlarini Markaziy Osiyo mamlakatlariga joriy etish istiqbollarini muhokama qildilar.

Nutq so‘zlovchilar orasida Navoiy kon-metallurgiya kombinati, ASKON, Uzum, "1C", "O‘zbekneftgaz", Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi, INVENTORUS vakillari, shuningdek, UZINFOCOM eksport bo‘limi boshlig‘i Timur Miyassarov ham bor edi.
U o‘z ma’ruzasida kompaniyaning turli sohalarni raqamlashtirish bo‘yicha loyihalari, jumladan, biometriya va moliyaviy texnologiyalar innovatsiyalariga asoslangan yechimlar haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, Timur ushbu mahsulotlarni O‘zbekiston sanoat korxonalarida joriy etish va ularni xalqaro bozorlarga yanada kengaytirish rejalari bilan o‘rtoqlashdi.