UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM jamoasi “Insonga yo‘naltirilgan menejment” xalqaro menejment forumida ishtirok etdi.

Forum xodimlarni boshqarish madaniyatini rivojlantirish, o‘zaro tajriba va foydali aloqalar almashish, professional hamjamiyatning xizmatlarini e’tirof etish, shuningdek, bu boradagi yangi texnologiya va vositalar bilan tanishish uchun maydonga aylandi.

06.02.2024

UZINFOCOM jamoasi “Insonga yo‘naltirilgan menejment” xalqaro menejment forumida ishtirok etdi.

Forum doirasida “Biznesda baxt!” Tirik kompaniyalar xalqaro tanlovining final bosqichi ham bo‘lib o‘tdi. Unda 100 dan ortiq mahalliy va xorijiy kompaniyalar ishtirok etdi.

 

 

Eng yuqori Baxt indeksiga ega kompaniyalarning HR mutaxassislari, jumladan, UZINFOCOM ham xodimlar bilan ishlash, kompaniya nufuzini oshirish va korporativ madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha samarali yechimlar va amaliyotlarni taqdim etdi. Finalchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

 

 

Shuningdek, hakamlar hay’ati a’zolari va forum ma’ruzachilariga jamoaning ish jarayonlari va korporativ madaniyati bilan yaqindan tanishish maqsadida UZINFOCOM ofisiga sayohat uyushtirildi.