UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM IDU (International Digital University) bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

Ushbu kelishuv IDU talabalari va bitiruvchilariga o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topish va amaliy tajriba orttirish imkoniyatlarini yaratadi, shuningdek, kompaniyamiz ehtiyojlari uchun malakali kadrlar bazasini kengaytiradi.

05.05.2025

UZINFOCOM IDU (International Digital University) bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

Memorandumda belgilangan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari ishga joylashish va amaliyot o‘tash imkoniyatlarini yaratish, talabalar bazasi va ularning malakasi to‘g‘risida ma’lumot almashish, hamda qo‘shma tadbirlar (seminarlar, treninglar, mahorat darslari va boshqalar) o‘tkazishdan iborat bo‘ladi.

 

Ma’lumot uchun: IDU — 2021-yilda Toshkentda tashkil etilgan xalqaro raqamli universitet. Universitet sun’iy intellekt, kiberhavfsizlik, ma’lumotlar fani, raqamli biznes kabi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi.