Internet kundalik hayotimizning ajralmas qismi bo‘lsa-da, u yangi xavf-xatarlarni ham keltirib chiqarmoqda.
O‘zbekistonda fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini, raqamli infratuzilmani va onlayn makon xavfsizligini himoya qiluvchi "Kiberxavfsizlik to‘g‘risida"gi qonun amal qilmoqda. Ushbu infografikada mazkur qonun qanday tahdidlarning oldini olishi, himoya tizimi qay tarzda ishlashi va hujum yuz berganda o‘zingizni qanday himoya qilishingiz haqida batafsil ma’lumot berilgan.