ChiLL Chain jamoasi Standoff 15 xalqaro kiberturnirida yetakchilar qatoriga chiqdi!
21–24-may kunlari Moskvada bo‘lib o‘tgan Standoff 15 amaliy kiberbitvasi Yevropa, MDH, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharqdan 30 dan ortiq kuchli jamoalarni bir joyga jamladi.

O‘zbekiston nomidan yagona ishtirokchi — ONESEC mutaxassislaridan iborat ChiLL Chain jamoasi 31 ta kuchli raqib orasida faxrli 8-o‘rinni egalladi.
4 kunlik haqiqiy “cyber war” davomida jamoa 58 540 ball to‘plab, zaifliklarni chuqur o'rganib va ularning aksariyatini muvaffaqiyatli ekspluatatsiya qilishdi.
ChiLL Chain 61 ta noyob zaiflikni aniqladi - bu birinchi o‘rinni egallagan jamoa bilan bir xil natija. Eng qizig‘i, zaifliklar bo‘yicha to‘plangan ballar soni bo‘yicha turnir g‘olibini ham ortda qoldirishdi.
Aviatsiya sektoridagi hujumlar samaradorligi bo‘yicha jamoa 2-o‘rinni, bank sohasida esa 6-o‘rinni egalladi.
ChiLL Chain sahnadagi zo‘r natijalar:
- 61 ta aniqlangan zaiflik
- 14 ta muvaffaqiyatli critical-hujum
- 30+ xalqaro jamoa orasida TOP-8
ChiLL Chain’ni Standoff 15’dagi kuchli performansi bilan tabriklaymiz! Oldinda — yangi cho‘qqilar, global sahnadagi katta g‘alabalar!