UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Bugun G‘alaba bog‘ida MSITF-2025 (Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali) festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Festivalda harbiy texnologiyalar sohasidagi innovatsion yechimlar taqdim etildi.

29.05.2025

Bugun G‘alaba bog‘ida MSITF-2025 (Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali) festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

UZINFOCOM stendida Yer usti artilleriyasi o‘tini boshqarish avtomatlashtirilgan tizimining apparat-dasturiy majmuasini taqdim etildi. U dasturiy qismdan tashqari apparat vositalari majmuasini ham o‘z ichiga oladi.

 

 

Shuningdek, ma’lumotlarni kafolatlangan bir tomonlama uzatish uchun mo‘ljallangan DATA DIODE ham namoyish etildi.

Festivalda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Pekos Oleg Andreevich so‘zga chiqib,  Qurolli Kuchlarning va xususan Mudofaa vazirligining  raqamlashtirishning yanada yangi bosqichiga o‘tishi, shuningdek, intellektual tizimlarni rivojlantirish va ish jarayonida qo‘llash haqida nutq so‘zladi.