Yaponiya IT-kompaniyalari vakillari UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurib, joriy loyihalar bilan tanishdi.
Yaponiya kompaniyalari rahbarlari "H&K Co. Ltd.", "ICure Technology Co. Ltd." va "RENGO Ent.Co. Ltd." Respublikaning IT sohasidagi salohiyatiga katta qiziqish bildirishdi, shuningdek, O‘zbekiston IT xizmatlarini Yaponiya bozoriga eksport qilish niyatlarini bildirdi.

Delegatsiya vakillari elektron hukumat, biometrik identifikatsiya, Agroplatforma, avtomatlashtirilgan tibbiyot tizimi va boshqa sohalardagi loyihalar taqdimotlari bilan tanishdi.
Shuningdek, kompaniyalar O‘zbekistonda autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish uchun o‘z vakolatxonasini ochish, o‘zbekistonlik dasturchilarni Yaponiyaga ishlashga taklif qilish imkoniyati bilan loyihalar ustida ishlash uchun jalb etishni rejalashtirmoqda.