Samarqanddagi UNPSF-25 forumining yakunlari!
Bugun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Davlat Xizmati bo‘yicha forumi o‘z yakuniga yetdi. Mazkur forum o‘nlab davlatlar vakillari, mutaxassislar, islohotchilar va barqaror rivojlanish tarafdorlarini bir joyga jamladi.

Forum doirasida UZINFOCOM raqamli davlat xizmatlari va infratuzilma yo‘nalishidagi asosiy loyihalarni taqdim etdi. Ularga MyID Palm — kaft tomirlari orqali biometrik aniqlash texnologiyasiga asoslangan innovatsion tizim, hamda MyID — shaxsni yuz biometrik parametrlari orqali aniqlash va autentifikatsiya qilish tizimi kiradi.
Bu tashabbuslar texnologiyalar odamlar uchun qanday qilib oddiy, qulay va shaffof xizmat qilishi mumkinligini namoyon etdi.

Forumning yakuniy kunida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov so‘zga chiqib, O‘zbekistonda raqamlashtirish jarayonining kelajagi va zamonaviy texnologiyalarni davlat boshqaruviga joriy etish muhimligi haqida o‘z fikrini bildirdi.

Forumda faqat raqamlashtirish va davlat xizmatlari emas, balki insonlar haqida qayg‘uruvchi va mas’uliyatli davlat institutlari ishtirokidagi kelajak haqida so‘z yuritildi.
Alohida e’tibor Barqaror rivojlanish maqsadlari, ekologik muammolar, innovatsiyalar va yoshlar ishtirokiga qaratildi.
