UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM va Janubiy Koreyaning Prototie kompaniyasi strategik hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi.

UZINFOCOM va xalqaro texnologik kompaniya Prototie o‘zaro anglashuv memorandumi imzoladi. Bu hujjat birgalikda rivojlanish va raqamli transformatsiyaga qaratilgan keng ko‘lamli hamkorlikning boshlanishini anglatadi.

03.07.2025

UZINFOCOM va Janubiy Koreyaning Prototie kompaniyasi strategik hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi.

Bu texnologiyalarni globallashtirish va O‘zbekiston bilan Koreya Respublikasi o‘rtasidagi IT aloqalarni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Hamkorlik MyID ekotizimi mahsulotlarini Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlarida, ayniqsa Koreyada faol targ‘ib qilish uchun yangi imkoniyatlarni ochadi.
O‘zbekistonning global IT-autsorsing markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratiladi: UZINFOCOM dasturchilari mintaqa davlatlaridagi texnologik loyihalarda ishtirok etishi va davlat sektori uchun raqamli yechimlarni UZINFOCOM tajribasi asosida joriy etishi rejalashtirilmoqda.