UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM va “Agrobank” ATB vakillari ishtirokida istiqbolli hamkorlik bo‘yicha ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, zamonaviy texnologik yondashuvlar asosida amaliy jarayonlarni reinjiniring qilish hamda ilg‘or yechimlar va tajriba almashish orqali istiqbolli hamkorlikni belgilash muhokama qilindi.

18.07.2025

UZINFOCOM va “Agrobank” ATB vakillari ishtirokida istiqbolli hamkorlik bo‘yicha ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida hujjatlar oqimini birlashtirishga qaratilgan “Yagona oyna” modeli asosida interfeyslar konsolidatsiyasi, jarayonlarni funksional reinjiniring qilish, shuningdek, yopiq konturda ishlovchi sun’iy intellekt asosidagi avtomatlashtirilgan yechimlarni joriy etish orqali Bank apparati faoliyatini texnologik (operatsion transformatsiya qilish) rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

Axborot xavfsizligiga oid tamoyillarni mustahkamlash va moslashuvchan boshqaruv strukturalarini shakllantirish bilan bir qatorda, qaror qabul qilish mexanizmlarini intellektual tizimlar yordamida tezlashtirish, hamda mijozlar tajribasini kontekstga mos tavsiyalar va avtomatlashtirilgan harakatlar orqali yangi sifat bosqichiga olib chiqish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.