UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Bugun UZINFOCOM ofisiga Turkiyaning PAL kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida mehmonlar UZINFOCOM faoliyati, shuningdek, kompaniyaning asosiy loyihalari va O‘zbekistonda joriy etilayotgan raqamli yechimlar infratuzilmasi bilan tanishdilar.

18.07.2025

Bugun UZINFOCOM ofisiga Turkiyaning PAL kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi.

MyID Palm biometrik identifikatsiya tizimiga alohida e’tibor qaratildi. Qurilma o‘zining yuqori texnologiyaliligi, ishonchliligi va foydalanish qulayligi tufayli delegatsiya a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi. Mehmonlar raqamli xizmatlar xavfsizligini ta’minlashdagi innovatsion yondashuvni yuqori baholadilar va zamonaviy raqamli ekotizimni barpo etishda bunday yechimlarning salohiyatini alohida ta’kidlab o‘tdilar.