UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) vakilining UZINFOCOMga tashrifi

UZINFOCOM ofisiga Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha XMT ofisi vakili hamda Mehnatga joylashtirish bo‘yicha katta mutaxassis Kazutoshi Chatani tashrif buyurdi.

23.07.2025

Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) vakilining UZINFOCOMga tashrifi

Tashrif davomida janob Chataniga UZINFOCOM tomonidan amalga oshirilayotgan asosiy raqamli yechimlar va tashabbuslar, jumladan davlat xizmatlarining elektron transformatsiyasi va sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan loyihalar taqdim etildi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari MyID Palm biometrik qurilmasini sinovdan o‘tkazib, uning qulayligi, aniqligi va turli sohalarda keng ko‘lamda qo‘llanishi mumkinligini yuqori baholadilar.